Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishda yangilik bor

A A A
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishda yangilik bor

Ayni paytda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Bunda nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bazasi – “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida olinmoqda.

Lekin ayrim nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida kelmayotgani sababli my.dtm.uz saytida nogironlik bo‘yicha imtiyoz ma’lumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi. Bu haqda DTM xabar qildi.

"Agar Sizning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlaringiz “Mening imtiyozlarim” bo‘limida chiqmayotgan bo‘lsa, “Nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma” bo‘limiga kirib, o‘z nogironlik ma’lumotlaringizni kiritishingiz mumkin.

Agar Sizda ko‘zi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud bo‘lsa, nogironlik ma’lumotlarini kiritish bilan birga “Ko‘zi ojiz” belgisini belgilashni unutmang", - deyiladi xabarda.

Kiritilgan ma’lumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va ma’lumotlari tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.

Kiritildi: 21:28 28.06.2022. O'qildi: 2660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!