Qo‘mita Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado tomonidan Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti medalining AQSh prezidenti Donald Trampga topshirilishiga munosabat bildirdi.
"Nobel mukofoti laureti e’lon qilingach, uni bekor qilish, bo‘lishish yoki boshqa shaxslarga topshirish mumkin emas. Qaror yakuniy bo‘lib, doimo o‘z kuchida qoladi. Medal egasini o‘zgartirishi mumkin, biroq Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati maqomi o‘zgarmaydi", deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado AQSh prezidenti Donald Trampga o‘zining Nobel tinchlik mukofoti medalini topshirganini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp bir necha bor Nobel tinchlik mukofotini olish istagini bor bildirgan edi.