Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Nobel mukofoti: Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bu yilgi sovrindorlar e’lon qilindi

A A A
 Nobel mukofoti: Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bu yilgi sovrindorlar e’lon qilindi

➡️ Nobel mukofotining tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha 2025 yilgi sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi.

📌 Ular soni — uch nafar. Ikki nafari — AQSh olimlari Meri Brunkou va Fred Ramsdell. Yana biri — Yaponiyaning Osaka universiteti tadqiqotchisi Shimon Sakaguchi.

🔬 Ushbu kashfiyotchilar immunitet hujayralari tanamizga hujum qilishining oldini oluvchi regulyator — T-hujayralarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

💬 "Laureatlarning kashfiyotlari periferik tolerantlikni o‘rganishni boshlab berdi, saraton va autoimmun kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishni rag‘batlantirdi. Bu, shuningdek, transplantasiya samaradorligini oshirishga olib kelishi mumkin. Ushbu davolash usullarining ba’zilari hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda", — deyiladi Nobel qo‘mitasi axborotida.

📍 Laureatlarni taqdirlash marosimi 10 dekabr kuni Stokgolmda (Shvesiya) bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:04 09.10.2025. O'qildi: 1321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!