Nobel mukofotining 77 nafar laureati tomonidan imzolangan murojaatda ta’kidlanishicha, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan bu lavozimga nomzod qilib ko‘rsatilgan Kennedi tibbiyot, ilm-fan yoki boshqaruv sohalarida na tajribaga, na malakaga ega.
Olimlar shuningdek, Kennedini "AQShdagi emlashga qarshi eng mashhur shaxs" deb atashdi hamda uning OITS va boshqa kasalliklarni davolash usullari haqida fitna nazariyalarini tarqatishini eslatishdi.
Tramp kichik Kennedini Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatib, "u surunkali kasalliklar epidemiyasini tugatishga va Amerikani yana buyuk va sog‘lom qilishga qodir" deb ta’kidlagan edi.
Kichik Kennedining nomzodi Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak, Demokratik partiya esa allaqachon bunga qarshiligini e’lon qilgan.