Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali ochildi

A A A
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali ochildi

Joriy o‘quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘z faoliyatini kengaytirdi. Hududdagi pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida universitet filiali tashkil etildi. 4 sentyabr kuni qaldirg‘och talabalar ishtirokida filialning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

TDPU Shahrisabz filiali faoliyatini quyidagi 4 yo‘nalishda bakalavrlar tayyorlash bilan boshladi:

– boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish;

– maktabgacha ta’lim;

– xorijiy tillar va adabiyot (ingliz tili);

– ona tili va adabiyoti rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda.

 

photo5438381173693852470.jpg

Eslatib o‘tamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2018 yilda Surxondaryo viloyatida Termiz filialini ochgan edi. Mazkur filiallar respublikamizning chekka hududlarida malakali pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 16:40 05.09.2019. O'qildi: 5090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!