Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Nixat Zeybekchi: "Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtata olmaymiz"

Nixat Zeybekchi: "Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtata olmaymiz"

Bu haqda Turkiyaning hukmron partiyasi raisi o‘rinbosari Nixat Zeybekchi Isroil bilan savdo qiluvchi kompaniyalar ishtirok etgan ko‘rgazmada ma’lum qildi.

“Biz Isroil tomonidan G‘azo sektorida sodir etilgan genosidni qoralaymiz, ammo savdoning hech kimga zarar keltirmaydigan qismlari haqida gap ketganda, bu boshqa masala. Chunki Isroil biz bilan erkin savdo shartnomasi tuzgan davlat. Boshqacha qilib aytganda, bu biz import qilganimizdan 6 barobar ko‘p eksport qiladigan davlatdir”.
- dedi Zeybekchi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Isroil bilan savdo aloqalarini butunlay to‘xtatish haqida gapirgan edi.

Kiritildi: 22:35 25.04.2024. O'qildi: 2054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!