Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nissadagi teraktni uyushtirgan yigitning shaxsi ma’lum bo‘ldi

Nissadagi teraktni uyushtirgan yigitning shaxsi ma’lum bo‘ldi

Fransiya va Italiya matbuoti Nissadagi cherkovga hujum qilgan yigitning bir oycha avval Tunisdan kelgani haqida yozmoqda.

Yigit 20 sentyabr kuni u Lampeduza oroliga yetib kelgan, 9 oktyabrda esa Italiyaning Bari shahridagi muhojirlarni vaqtinchalik saqlash markaziga jo‘natilgan. Hujum bo‘lgan kuni u Italiyadan Fransiyaga Qizil Xoch tomonidan berilgan hujjatlar bilan poyezdda kelgan.

Fransiya prokuraturasining aksilterror bo‘limi rahbari Jan-Fransua Rikardning so‘zlariga ko‘ra, videokameralar tunislikning Nissa temir yo‘l stansiyasida qanday qilib kiyim almashtirganini yozib olgan. Shundan so‘ng u sobor tomon piyoda ketgan.

Hibsga olish paytida bosqinchining yonidan 17 santimetrli pichoq, ikkita telefon va Qur’on Karim kitobi topilgan. U o‘qotar quroldan jarohat olgan va kasalxonaga qo‘riq ostida yuborilgan.

Hozirda Tunis hukumati Nissadagi teraktga ilgari noma’lum guruhning aloqalarini tekshirmoqda. RIA Novosti agentligining birinchi instansiya sudi matbuot xizmati rahbari Muhsin ad-Daliga tayanib yozishicha, "Prokuratura Nissadagi terroristik operasiya uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan "Tunis janubidagi Al-Mahdi "nomli tashkilot borligi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi bo‘yicha tekshiruv boshlashga qaror qildi".

Ad-Dalining so‘zlariga ko‘ra, tergov ijtimoiy tarmoqlarda Fransiyaning Nissadagi teraktni ko‘rsatilgan guruh tomonidan uyushtirilganligi haqida e’lon qilinganidan keyin boshlangan.

Notr-Dam cherkoviga hujum qilgan yigitning ismi Ibrohim al-Auisaui. Nissa shahar hokimi yigit qo‘lga olingan paytda va undan oldin bir necha marta “Allohu Akbar” deb baqirgani haqida "Tvitter"da yozgan edi.

Kiritildi: 16:03 31.10.2020. O'qildi: 3364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!