Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nilufar Usmonova: "Aisha deb chaqirishsa, menga juda yoqadi"

Nilufar Usmonova: "Aisha deb chaqirishsa, menga juda yoqadi"

Nilufar Usmonovaning ismini o‘zgartirganidan xabaringiz bor. U “Darakchi” gazetasi jurnalisti Aliya Sulaymanova bilan suhbatda aynan mana shu mavzuga yana to‘xtalib o‘tdi.

— O‘zingiz yaxshi bilasiz, Payg‘ambarimizning ayollarinining ismi Oisha. Nilufar esa shunchaki gulning nomi. Men esa o‘zimga ko‘proq ma’no va xislatga ega ism qo‘yishni istadim. Aisha deb chaqirishsa, menga juda yoqadi. Yana bir ma’lumotni aytib o‘tmoqchiman, ismimni o‘zgartirganimga ancha bo‘ldi. U payt qizlarim tug‘ilmagan edi. Agar ular bo‘lganida, albatta, o‘zimga emas, ularning biriga Aisha ismini qo‘yyardim.

— Demak, Nilufar endi taxallus...

— To‘g‘ri, lekin hozircha hujjatlarimni o‘zgartirganim yo‘q. Bundan tashqari, odamlar ham meni Nilufar, deb chaqirishga odatlanishgan, ularni ham qiynab qo‘yish niyatim yo‘q. Ammo yaqinlarim yangi ismim bilan menga murojaat etishmoqda.

Kiritildi: 07:15 06.08.2019. O'qildi: 2619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!