Assalomu alaykum!
Nikohdan oldin bo‘lajak kelin va kuyov bir-birlari bilan gaplashib yurishlari mumkinmi? Agar mumkin bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda telefon orqali suhbat qurishi joizmi? Yoki bularning hammasi zinoga kiradimi?
Gaplashib yurishi mumkin emas. Telefonda ham so‘zlashishmagani yaxshi. Chunki bu ishlar zinoga eshik vazifasini bajarishi mumkin. Faqat ikki tomon bir-birini yuzaki bilib oladigan darajadagi uchrashuvga, u ham xilvatda bo‘lmasligi sharti bilan ruxsat berilgan. Bunday ma’lumot bir-ikki uchrashuv bilan hosil bo‘ladi.
Alloh yanada biluvchiroq.
Mubashshir AHMAD,