Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy ustidan IIVga ariza yozdi

Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy ustidan IIVga ariza yozdi

Bloger Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan Abror Abduazimov ustidan IIVga ariza yozdi. Bu haqda u telegramdagi kanalida xabar berdi.

“Fuqaro Abrorjon Abduazimov fotoshop dasturida soxtalashtirilgan, go‘yoki Spot.uz nashrida chop etilgan va menga nisbatan tuhmatni o‘z ichiga olgan xabarlarni e’lon qildi, shuningdek, go‘yoki mamlakatda gaz yo‘qligiga meni aybdor sifatida ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, u boshqa yolg‘on va dizinformasiyalar yoydi va Rossiya Federasiyasi bilan zudlik bilan gaz bo‘yicha shartnomalarini tuzishni talab qildi.

Ushbu fakt yuzasidan fuqaro Abrorjon Abduazimovni Jinoyat kodeksining 139-moddasi “Tuhmat”, 244-1-moddasi “jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar ishlab chiqarish” va 244−6-modda “Yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish” bo‘yicha javobgarlikka tortishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ariza yozdim.

Menimcha, bunday provokasiyani Abrorjon Abduazimov mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish maqsadida amalga oshirgan.

Nazarimda, u energetik inqirozdan foydalanib, norozi aholini ko‘chaga olib chiqib, ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirmoqchi. O‘z bayonotlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, u hozirgi inqirozdan foydalanib, o‘z obunachilari va muxlislarini O‘zbekistondagi qonuniy hukumatga qarshi boshqa aksilkonstitusiyaviy harakatlarga yo‘naltirishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Abror Abduazimovning xatti-harakatlari va bayonotlariga maksimal darajada e’tibor qaratib, bu fuqaroni qonuniy javobgarlikka tortishi kerak, deb hisoblayman”, — dedi u

Kiritildi: 22:39 08.12.2022. O'qildi: 12034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!