Nigeriyadagi qimorbozlar ertalabdan o‘yinni davom ettirish uchun bukmekerlik idoralarida tunab qolishmoqda
Ularning bir qismi uyga borishni istamasa, yana bir qismining boradigan joyining o‘zi yo‘q. Mamlakatda 65 million kishi asosan sport qimoriga dov tikib kun ko‘radi. Bu aholining 30 foizini tashkil etadi. Nigeriyada bukmekirlik o‘yinlari qonuniylashtirilgan.