Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Nigeriyada Lassa isitmasi qurbonlari soni 163 nafarga yetdi

A A A
Nigeriyada Lassa isitmasi qurbonlari soni 163 nafarga yetdi

Nigeriyada Lassa isitmasi qurbonlari soni 163 nafarga yetdi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limga olib keladigan kasallik Nigeriyaning 34 shtatida, jumladan, poytaxt Abujada ham tarqalgan.

Nigeriya hukumati kasallikni davolash uchun 3 ta dori aniqlanganini aytdi.

O‘tgan yili Nigeriyada 1227 ta Lassa isitmasi aniqlangan, ulardan 219 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Lassa isitmasi birinchi marta Nigeriyada 1969 yilda mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida topilgan.

Lassa isitmasi tufayli Nigeriya hukumati o‘tgan yilning fevral oyida favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Lassa isitmasi kalamush va sichqon najasi bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Ushbu xavfli kasallik odamdan odamga yuqishi va o‘limga olib kelishi mumkin.

Mamlakat hukumati aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga, gigiyena qoidalariga rioya qilishga va kemiruvchilar bilan aloqa qilmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: 12:59 09.08.2024. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!