Nigeriyaning Benue shtatida yo‘lovchi kemasi ag‘darilib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.
Benue shtati polisiyasi matbuot kotibi Ketrin Anening so‘zlariga ko‘ra, Igatu tumanidagi Benue daryosida bozordan qaytayotgan odamlarni olib ketayotgan yog‘och kema ag‘darilib ketgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 20 kishining jasadi topildi, 11 kishi qutqarilib, shifoxonaga yetkazildi.
Qidiruv ishlari davom etmoqda.