Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Nigeriyada jangarilar hujumidan 15 fermer halok bo‘ldi

Nigeriyada jangarilar hujumidan 15 fermer halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimoliy-g‘arbida joylashgan Kebbi shtatida qurollangan janjgarilar tomonidan fermerlarga qilingan hujum natijasida 15 kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi, deb yozadi Anadolu.

Hodisa Danko-Vasagu tumanida sodir bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlar dalalarga ketayotgan paytda Lakurawa nomli guruhning hujumiga uchragan.

Kebbi shtati gubernatorining o‘rinbosari Umar Tafida voqea joyiga borib, halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi. U hukumat qishloq xo‘jaligi yerlarining xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini va fermerlarga faoliyatini davom ettirish imkoniyatini yaratishini aytdi.

Lakurawa guruhi joriy yilning yanvar oyida rasman terroristik tashkilot deb e’lon qilingan edi. Nigeriyada «Boko Xaram» va ISWAP kabi qurolli guruhlar va terroristik tashkilotlarning hujumlari hali ham davom etmoqda.

Kiritildi: 17:40 19.05.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!