Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nigeriyada Benylin- bolalar siropida zaharli toksin topildi

Nigeriyada Benylin- bolalar siropida zaharli toksin topildi

Nigeriya oziq-ovqat va dori vositalarini boshqarish va nazorat qilish milliy agentligi (NAFDAC) Amerikaning Johnson&Johnson kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi bolalar siropi partiyasini savdodan olish haqida qaror qabul qildi. Unda dietilenglikol zaharli toksin topilgani ta’kidlanmoqda.

NAFDAC ehtimoliy xavflarni hisobga olgan holda Benylin siropi savdosini taqiqlash va sotuvdan olib qo‘yishni buyurgan.

«Laboratoriya tekshiruvlari Johnson&Johnson kompaniyasining Benylin siropida dietilenglikol miqdori yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada yuqori ekanligini aniqladi, sinovlar hayvonlarda o‘tkir zaharlanishni keltirib chiqardi», deyiladi regulyator bayonotida.

Ushbu moddani iste’mol qilish o‘limga olib keladigan qorin og‘rig‘i, qusish, diareya, bosh og‘rig‘i va o‘tkir buyrak shikastlanishi kabi nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.

3Johnson&Johnson holat bo‘yicha Benylin brendiga egalik qiluvchi Kenvue kompaniyasiga so‘rov yuborgan.

Kiritildi: 04:48 24.04.2024. O'qildi: 1096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!