Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Nigeriya shimolida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda 52 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya shimolida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda 52 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya shimolidagi Plato shtatida jangarilarning ketma-ket hujumlari tufayli 52 kishi halok bo‘ldi, 2 mingga yaqin kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Nigeriya favqulodda vaziyatlar milliy agentligi xabar berdi.

“Sababi hozircha noma’lum. Hujumlar o‘tgan hafta Bokkos tumanidagi olti qishloqda sodir etilgan. Bu 2023 yil dekabr oyidan beri mintaqadagi eng dahshatli zo‘ravonlik hodisasidir. O‘shanda bu tumanda 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.

Plato shtati uzoq vaqtdan beri dehqonlar va chorvadorlar o‘rtasidagi keskinlik va davriy to‘qnashuvlar hududi bo‘lib kelgan.

Kiritildi: 09:18 08.04.2025. O'qildi: 1437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!