Niger va Benin chegarasida sodir bo‘lgan parom halokati natijasida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse ma’lumotiga tayanib, “Report” va TASS axborot agentliklari xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parom Niger daryosini kesib o‘tayotgan paytda haddan tashqari yuklangani sababli ag‘darilib ketgan. 13 nafar insonning jasadi suvdan olib chiqilgan. Ayrim yo‘lovchilar qutulib, qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.