Maniladan kelgan charter reys Rotterdam aeroportiga qo‘ndi. Reuters agentligi manbasi samolyotda Filippin hukumati Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga topshirishga qaror qilgan sobiq prezident Duterte borligini tasdiqladi.
Sudga topshirilgach, Duterte Shimoliy dengiz sohilidagi Sxeveningen qamoqxonasiga olib borilishi kutilmoqda. Bu yerda Gaaga tribunalining qamoqqa olingan ayblanuvchilari saqlanadi. Keyingi kunlarda u sudga chiqariladi va unga insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar o‘qib eshittiriladi.
Rodrigo Duterte 2016-2022 yillarda Filippin prezidenti lavozimida ishlagan. Uning boshqaruvi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni sudsiz o‘ldirish kampaniyasi bilan tarixda qolgan.