Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Niderlandiyadagi maktablarda smartfonlardan foydalanish bo‘yicha taqiq kuchga kiradi

A A A
Niderlandiyadagi maktablarda smartfonlardan foydalanish bo‘yicha taqiq kuchga kiradi

Niderlandiya hukumati 2024 yil 1 yanvardan maktab o‘quvchilariga xech qanday sababsiz darslarga mobil telefon olib kirishni taqiqlamoqchi. Talab hozircha qonuniy hujjat emas, balki ko‘rsatma shaklida belgilanadi.

Rasmiylarga ko‘ra, sinfdagi mobil telefonlar, planshetlar va aqlli soatlar o‘quvchilarni darsdan chalg‘itadi, bu esa ularning fanlarni o‘zlashtirishiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Elektron qurilmalardan faqatgina darsda foydalanish uchun zarur bo‘lganda va tibbiy sabablarga ko‘ra ruxsat beriladi, deb xabar beradi mir24.tv.

“Mobil telefonlar hayotimiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga qaramay, sinfda ularga o‘rin yo‘q. Talabalar diqqatini jamlay olishi va yaxshi o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mobil telefonlar chalg‘ishga sabab bo‘ladi”, — dedi Niderlandiya ta’lim vaziri Robbert Deykgraaf.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiqga qanday amal qilishni maktablarning o‘zlari hal qila oladi. Shu bilan birga, agar 2024 yilning yoziga qadar ularning harakatlari natija bermasa, qonuniy choralar ko‘riladi.

Kiritildi: 17:15 05.07.2023. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!