Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Niderlandiyada islomofob jangari musulmon qo‘shnisini otib tashladi

Niderlandiyada islomofob jangari musulmon qo‘shnisini otib tashladi

Niderlandiyada 55 yoshli mahalliy fuqaro Gerben o‘zining 25 yoshli musulmon qo‘shnisini o‘ldirishda ayblanib, sudga tortildi.

Qotillik qurbonning uyi oldida sodir bo‘lgan — qotil gollandiyalik musulmon Hamza al-Bag‘dodiyning yoniga kelib, uning orqa qismiga o‘q uzgan. O‘q ovozini eshitgan Hamzaning rafiqasi 2 oylik bolasi bilan hammomga yashiringan - u navbatdagi qurbon bo‘lishidan qo‘rqib ketgan, chunki tajovuzkor qo‘shnisi butun oilaga zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, qotillik sodir etilishidan bir necha soat oldin gollandiyalik ijtimoiy tarmoqlarda islomofobik mazmunidagi haqoratomuz postlarni joylagan va avvalroq G‘azoda falastinlik bolalarning o‘limidan xursandligini ochiqdan-ochiq izhor qilgan, deb yozadi Morocco World News.

Kiritildi: 06:48 19.07.2024. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!