Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Niderlandiya AQShning qo‘llagan sanksiyasini nomaqbul deb atadi

Niderlandiya AQShning qo‘llagan sanksiyasini nomaqbul deb atadi

Niderlandiya AQShning Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS)ning ikki sudyasi va ikki nafar prokurori o‘rinbosariga nisbatan yangi sanksiyalarini qabul qilib bo‘lmas deb hisoblaydi.

Bu haqda qirollik tashqi ishlar vaziri Kaspar Veldkamp X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, mustaqil xalqaro sudlar va tribunallar o‘z ishini hech qanday to‘siqsiz amalga oshirishi kerak.

"XJSga a’zo davlatlardan biri sifatida biz sudning imkon qadar to‘sqinliksiz ishlashini ta’minlashga to‘liq sodiqmiz", — dedi Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan olib borilayotgan tergovga aloqador xorijlik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.

Kiritildi: 10:00 21.08.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!