Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Niderlandiya 9 dekabrdan olti oy muddatga chegara nazoratini joriy qiladi

Niderlandiya 9 dekabrdan olti oy muddatga chegara nazoratini joriy qiladi

Niderlandiya hukumati 9 dekabr kuni qirollik chegarasida nazoratni joriy qiladi, bu nazorat olti oy davomida amal qiladi. Bu haqda Niderlandiya migrasiya va boshpana masalalari bo‘yicha vaziri Maryoleyn Faber ma’lum qildi.

Vazir bu "vaqtinchalik va istisno chora" ekanligini aytdi.

De Telegraaf gazetasining yozishicha, yangi choralar noqonuniy migrasiyaga qaratilgan. Faber Yevropa Komissiyasi, YEI Kengashi, Yevropa Parlamenti va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini qaror haqida xabardor qildi.

Chegara nazorati Niderlandiya qirollik harbiy polisiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Nashrda tekshiruvlar aynan qayerda tashkil etilishi va nechta punkt o‘rnatilishi haqida ma’lumot berilmagan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari vaqt o‘tishi bilan "tekshirishlar sonini ko‘paytirishni" rejalashtirmoqda.

Faberning tushuntirishicha, qo‘shimcha nazorat faqat 9 dekabrdan joriy etilishi mumkin, chunki tegishli qaror qabul qilingandan keyin kamida to‘rt hafta o‘tishi kerak.

Kiritildi: 10:03 12.11.2024. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!