Niderlandiya 26 may kuni Ukrainaga va’da qilingan 24 ta F-16 qiruvchi samolyotining so‘nggilarini jo‘natadi. Mudofaa vaziri Ruben Brekelmans ma’lum qildi.
Niderlandiya o‘tgan yil yozida Ukrainaga 23 ta F-16 qiruvchi samolyotini yetkazib bergan, shuningdek, bunday samolyotlarni Ruminiyadagi ukrainalik uchuvchilar va ekipaj a’zolarini tayyorlash markaziga topshirgan.
Dastlabki F-16 samolyotlari Ukrainaga 2024 yil 31 iyulda yetib kelgan, biroq o‘shanda Ukraina rasmiy idaralari mamlakat aynan qancha samolyot qabul qilganini oshkor etmagan.
Umuman olganda, Daniya, Norvegiya, Niderlandiya va Belgiyani o‘z ichiga olgan ittifoq 60 ga yaqin samolyotni topshirish majburiyatini zimmasiga olgan.