Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Neymarning yangi maoshi ma’lum bo‘ldi

Neymarning yangi maoshi ma’lum bo‘ldi

Braziliyalik hujumchi Neymarning "Santos" bilan yangi shartnomasi bo‘yicha maoshi 7,5 mln yevroni tashkil etadi. Bu haqda UOL Esporte nashri xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, 24 iyun, seshanba kuni Braziliya jamoasi matbuot xizmati 33 yoshli hujumchi bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Neymarning "Santos" bilan tuzgan yangi mehnat shartnomasi muddati joriy yilning oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uni uzaytirish imkoniyati mavjud. Avvalgi shartnoma 2025 yil 30 iyungacha tuzilgan edi. Bunga futbolchining Yevropada o‘zini yana bir bor sinab ko‘rish istagi sabab bo‘lgani aytilgandi.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnomaga qat’iy belgilangan maoshdan tashqari, kelishuvning avvalgi versiyasiga kirmagan imij huquqlari uchun bonuslar ham kiritiladi. Neymar 2025 yilning yanvarida "Al-Hilol"dan "Santos"ga qaytdi. O‘shandan beri u 12 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va sheriklariga uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:03 26.06.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!