Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Neymarning «Santos» bilan shartnomasidagi yana bir band oshkor bo‘ldi

Neymarning «Santos» bilan shartnomasidagi yana bir band oshkor bo‘ldi

Braziliyaning «Santos» klubi yulduz hujumchisi Neymar jamoaning sun’iy qoplamali maydonda bo‘ladigan barcha uchrashuvlarida maydonga tushmaydi. Bu haqda Braziliya nashri Jornal A Tribuna xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sun’iy maydonda har qanday yiqilish futbolchi uchun xavfli hisoblanadi, chunki bu to‘piq va tizzalarda kuchli og‘riq uyg‘otadi hamda jarohatga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yil yanvar oyida «Santos» safini to‘ldirgan edi. U bilan tuzilgan shartnoma 2025 yil oxiriga qadar amal qiladi. Hozirga qadar u barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 08:55 09.09.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!