Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Neymar: "Faoliyatim davomida qabul qilgan hech qaysi qarorimdan afsuslanmayman"

A A A
Neymar: "Faoliyatim davomida qabul qilgan hech qaysi qarorimdan afsuslanmayman"

"Barselona" va "PSJ"ning sobiq hujumchisi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasida o‘ynayotgan Neymar faoliyati davomida qabul qilgan qarorlaridan afsuslanmasligini aytdi.

"Faoliyatim davomida hech narsadan afsuslanmayman. Men qilgan barcha xatolarim, hayotimda qabul qilgan qarorlarim o‘sishimga, yetuk bo‘lishimga yordam berishga qaratilgan edi, shuning uchun men hech narsadan afsuslanmayman", - dedi Neymar.

32 yoshli Neymar Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi. Uning klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt Neymarning transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 02:10 18.01.2025. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!