Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytadimi? Anchelotti javob berdi

Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytadimi? Anchelotti javob berdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning termadagi faoliyati xususida gapirdi.

Italiyalik mutaxassis hujumchi bilan gaplashgani, u jamoa hamda 2026 yilgi Jahon Chempionati uchun juda muhim o‘yinchi ekanligini aytdi.

“U yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi kerak, bunga vaqt bor. Men unga tayyorgarlikni puxta o‘tkazish kerakligini aytdim, chunki biz Neymarni Braziliya milliy jamoasi uchun yana muhim o‘yinchiga aylantirmoqchimiz.

Braziliyada 10-raqamli libos juda muhim va katta mas’uliyat yuklaydi. Vinisius va boshqa o‘yinchilar ham bu raqamni ko‘tara oladi. Sababi, ularda shaxsiyat va xarakter shakllangan”, degan Anchelotti.

Murabbiyga ko‘ra, kelgusida bu raqam o‘zgarishi mumkin.

“Mamlakatda bu libosni orzu qiluvchi va mas’uliyatni zimmasiga oladigan ko‘plab futbolchilar bor”, degan italiyalik mutaxassis.
Kiritildi: 09:47 29.06.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!