«Santos» hujumchisi Neymar nima uchun 2013 yilda «Barselona»ga o‘tganini tushuntirib berdi.
«O‘shanda «Real Madrid» «Barselona»ga nisbatan 3 baravar ko‘p pul taklif qilgandi. Ular menga istagan narsamni berishlarini ma’lum qilishgandi. Biroq meni yuragim faqat «Barselona» derdi. «Barsa» safida men uchun afsona bo‘lgan Ronaldinyo o‘ynagandi. Shuningdek, meni orzum Messi bilan bir jamoada harakat qilish edi. Shu sababli men Kataloniya klubini tanlaganman», — dedi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» braziliyalik futbolchini 88 millionga sotib olgandi.