Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Isroil bosh vaziri ofisi maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, suhbat 14 dekabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan.
Suhbat Trampning yanvar oyida lavozimga kirishdan oldin garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirishi fonida bo‘lib o‘tgan.