Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi, suhbatning asosiy mavzusi yahudiy davlatining G‘azo sektori bo‘yicha keyingi harakatlar rejalari bo‘ldi.
Bu haqda Isroil hukumati rahbari idorasi ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, Netanyaxu va Tramp "Urushni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va XAMASni mag‘lub etish uchun Isroilning XAMASning G‘azo sektoridagi qolgan qal’alarini egallab olish rejalarini muhokama qilgan”.
"Bosh vazir prezident Trampga urush boshlanganidan beri Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi”, — deya qo‘shimcha qildi idora.
Avvalroq Netanyaxu matbuot anjumani chog‘ida Isroilning maqsadi G‘azo sektorini bosib olish emas, balki Falastin anklavini XAMASdan ozod qilish ekanini aytgan edi.
"Agar XAMAS qurollarini tashlab, qolgan barcha garovga olinganlarni ozod qilsa, urush ertaga tugashi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi u radikallar bundan voz kechishini ta’kidladi.