Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Polsha xavfsizlik kafolatlariga qaramay, Osvensim-Birkenau kontslageri ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashmaydi. Bu haqda bosh vazir yordamchisi The Times of Israel gazetasi sharhida ma’lum qildi.
Osvensim memorial muzeyi direktori Piotr Civinskiy Netanyaxuning hibsga olinishi haqidagi munozaralarni “ommaviy axborot vositalari provokasiyasi” deb atadi va dastlab tashrif rejasi yo‘qligini ta’kidladi. Biroq tadbirda Isroilning katta delegasiyasi kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Jinoyat Sudi Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order bergan edi. Netanyaxu idorasi ICC qarorini antisemitizm deb atadi.