Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Netanyaxu saratondan tuzalganini ma’lum qildi

Netanyaxu saratondan tuzalganini ma’lum qildi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu erta bosqichda aniqlangan saraton kasalligidan tuzalganini bildirdi. Bu haqda Point.md xabar berdi. Nashrning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil oxirida unda prostata adenomasi aniqlanib, shu sabab operasiya o‘tkazilgan. Biroq Netanyaxuning ta’kidlashicha, keyingi tekshiruvlar davomida unda erta bosqichdagi yomon sifatli o‘sma ham aniqlangan.

“Men muammoni izsiz bartaraf etgan maqsadli davolanish kursini tanladim”, — deb yozdi 76 yoshli siyosatchi ijtimoiy tarmoqlarda. U davolanish qachon va qanday o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumot bermagan, biroq hozir o‘zini sog‘lom his qilayotganini qayd etgan.

Der Spiegel Netanyaxu avval ham bir necha bor sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab shifoxonaga yotqizilganini yozmoqda. Xususan, u 2023 yilda yurak stimulyatori o‘rnatgan, 2024 yilda churra bilan bog‘liq operasiya o‘tkazgan, o‘tgan yili ingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi bilan davolangan.

Kiritildi: 21:03 25.04.2026. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!