Livan hukumati shiitlarning «Hizbulloh» harakatini 2025 yil oxiriga qadar qurolsizlantirish bo‘yicha majburiyatini bajarmagan. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli Isroil o‘zini «xavfsizlik hududi»da saqlab turibdi va «Hizbulloh» infratuzilmasini mustaqil ravishda yo‘q qilmoqda.
«Shuning uchun Isroil xavfsizlik hududida qolmoqda va bu infratuzilmani o‘zi bartaraf etmoqda», — dedi Gendelman.