29 aprel kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning korteji Quddusda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.
Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, kortejdagi mashinalardan biri motosikl bilan to‘qnashgan. Netanyaxuning o‘zi jabr ko‘rmagan, chunki u voqea joyidan ancha uzoqda bo‘lgan mashinada o‘tirgan.