Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Netanyaxu «Hizbulloh»ning qolgan raketa zaxiralari miqdorini ochiqladi

Netanyaxu «Hizbulloh»ning qolgan raketa zaxiralari miqdorini ochiqladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu «Hizbulloh» harakatining raketa va dronlari mamlakat xavfsizligi uchun asosiy tahdid bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Isroil ushbu tahdidni batamom bartaraf etish uchun «ulkan texnik sa’y-harakatlarni» amalga oshirmoqda.

«Agar biz ushbu muammoni hal qilsak, demak, «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish yo‘lida bo‘lamiz. Bu ularda qolgan yagona asosiy quroldir. Hozirda ular ixtiyorida avvalgi raketa zaxiralarining atigi o‘n foizi qolgan, xolos», — dedi Netanyaxu.

Isroil hukumati rahbarining ta’kidlashicha, guruhning raketa va dron salohiyatini yo‘q qilish Yaqin Sharqdagi xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Kiritildi: 23:32 27.04.2026. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!