Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Netanyaxu hatto bolalar shifoxonasi qurilishiga qarshilik qildi

A A A
Netanyaxu hatto bolalar shifoxonasi qurilishiga qarshilik qildi

Bosqinchi isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroilda G‘azo uchun bolalar shifoxonasi qurilishiga qarshi chiqdi, deya xabar beradi uning idorasi.

Mudofaa vaziri Yoav Gallant Rafah chegara punktining yopilishi kasal bolalarning xorijda tibbiy yordam olishiga to‘sqinlik qilganidan so‘ng, «qisqa muddatli yechim» sifatida bolalar dala kasalxonasi ochilishini e’lon qilgandi.

Bu harakat «kasal bolalarni evakuasiya qilish va davolash uchun doimiy mexanizm ishlangunga qadar insonparvarlik ehtiyojlarini qondirishi zarur», degandi o‘sha paytda Gallant.

Biroq, Netanyaxu hukumati loyihaning ma’qullanmaganini va shuning uchun «amalga oshirilmasligini» e’lon qildi.

May oyida isroil anklavda kasallar kirishi mumkin bo‘lgan yagona o‘tish joyini egallab olib, yopib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 15:35 20.07.2024. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!