Isroil hukumati G‘azo sektoridagi harbiy operasiyani kengaytirishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Isroilning Kan kanali vazirlar mahkamasidagi manbalariga tayanib.
Yaman hutiylari tomonidan Ben Gurion ayeroporti yaqinida raketa zarbasi uyushtirilishi fonida bosh vazir Benyamin Netanyaxu “urushning keyingi bosqichi”ni muhokama qilish uchun xavfsizlik kengashi chaqirilishini e’lon qildi, deb xabar beradi telekanal.
❕ Shundan so‘ng Isroil armiyasi ommaviy safarbarlikni boshladi : 4-may kuni kechqurun o‘n minglab zahiradagilar janglarda qatnashish uchun chaqirildi.
Bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir Kanga armiya “Hamasning barcha infratuzilmasini yer usti va yer ostida yo‘q qilishni” rejalashtirayotganini aytdi.
Bu G‘azo uchun nimani anglatishi hozircha noma’lum. Isroil harbiylariga ko‘ra, operasiya Falastin anklavining yangi hududlarida kengaytiriladi. Isroil allaqachon hududning deyarli 70 foizini nazorat qiladi. Ynet Netanyaxu ishg‘ol zonasini kengaytirmoqchi ekanini qayd etadi.
AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ikki oylik sulh barbod bo‘lgach, Isroil mart oyida harbiy harakatlarni qayta boshladi va bir vaqtning o‘zida G‘azo blokadasini kuchaytirdi. Bu xalqaro hamjamiyatning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.
🗞 Tel-Avivning da’vo qilishicha, Xamas tinch aholiga mo‘ljallangan "gumanitar yordamni to‘xtatmoqda" va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanmoqda. Falastin harakati barcha ayblovlarni rad etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham Isroil versiyasini tasdiqlamadi.
Gumanitar tashkilotlar G‘azoda yaqinlashib kelayotgan ocharchilikdan ogohlantirmoqda, odamlar allaqachon to‘yib ovqatlanmaslikdan nobud bo‘lmoqda.
Isroil vazirlar mahkamasi yig‘ilishida yangi yordam taqsimoti rejasi ham muhokama qilindi, deya xabar beradi Kan. Xabar qilinishicha, Netanyaxu hukumati yordam yetkazib berish uchun BMT o‘rniga xususiy xorijiy kompaniyalarni yollashni taklif qilmoqda. Bu Rafah mintaqasida maxsus yaratilgan zonada tashkil etiladi, birinchi navbatda tinch aholi u yerga ko‘chirilishi kerak.
🇺🇳 Biroq BMT boshchiligidagi gumanitar tashkilotlar bunday tizim xalqaro me’yorlarga zid va tinch aholiga bosim vositasiga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.