Isroil "holdan toydiruvchi urushga tortilmaydi", dedi Bosh vazir Bin’yamin Netanyaxu va qo‘shimcha qildi: “Eronga qarshi tarixiy operasiya maqsadlarga erishilgunga qadar davom etadi”.
Isroil yetakchisi G‘azo bo‘yicha e’tibor susaytirilmasligini va Eron bilan qarama-qarshilik nafaqat G‘azodagi maqsadlarga erishishda yordam berishini, balki Ibrohim kelishuvlarini kengaytirish uchun ham sharoit yaratishini ta’kidladi.
💬 “Bu biz tasavvur ham qilolmaydigan imkoniyatlarni ochadi”, — dedi Netanyaxu.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatmasligini, faqat Falastin mustaqil davlatga aylansa, bu borada qadam tashlashini ma’lum qilgandi. Qatarning pozisiyasi ham xuddi shunday.
Ibrohim kelishuvlari doirasida Isroil Birlashgan Arab Amirliklari 🇦🇪, Bahrayn 🇧🇭 va Marokash 🇲🇦 bilan munosabat o‘rnatgan, biroq bu jarayonga na Saudiya Arabistoni, na Qatar qo‘shilgan.
Saudiya Arabistoni uzoq vaqt davomida Isroil bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim nomzod sifatida ko‘rilgan edi, biroq G‘azodagi Isroil agressiyasi tufayli normallashuv jarayoni muzlab qolgan.