Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Netanyaxu AQShdagi yahudiylarni Isroilda yashashga taklif qildi

Netanyaxu AQShdagi yahudiylarni Isroilda yashashga taklif qildi
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQShdagi yahudiy jamoasi vakillarini Isroilga ko‘chib o‘tishga va bu yerda yashashga chaqirdi.
Yaqinda tarqalgan videomurojaatda Netanyaxuga "AQShning Boston shahridagi yahudiylarning kelajagi nima bo‘ladi?" degan savol berilgan. Bosh vazir ushbu savolga qisqa va lo‘nda qilib, Isroil eshiklari barcha uchun ochiq ekanligini ma’lum qilgan.
"Bu yerga (Isroilga) hamma kelishi mumkin. Barchani bu yerga kelishga taklif qilaman. Kim xohlasa, bu yerga kelish imkoniyatiga ega", dedi Netanyaxu.
So‘nggi yillarda AQSh universitetlari va yirik shaharlarida kuzatilayotgan aksilsemitizm namoyishlari va keskinliklar fonida amerikalik yahudiylar o‘rtasida o‘z kelajagidan xavotirlanish kayfiyati kuchaygan. Isroil rahbariyati esa dunyoning turli nuqtalaridagi yahudiy jamoalari uchun Isroil davlati yagona xavfsiz boshpana va tarixiy vatan bo‘lib qolishini muntazam ravishda ta’kidlab keladi.

Netanyaxu bundan avval ham Yevropada sodir bo‘lgan teraktlar va xavfsizlik inqirozlaridan keyin mahalliy yahudiylarni ommaviy ravishda Isroilga ko‘chib o‘tishga chaqirgan edi.
Kiritildi: 17:57 14.08.2026. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!