Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Netanyahu Trampni Eronga yana zarbalar berishga ko‘ndirmoqchi

Netanyahu Trampni Eronga yana zarbalar berishga ko‘ndirmoqchi

"Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bugun bo‘ladigan uchrashuvda Vashingtonni Eronning raketa ob’ektlariga zarbalar uyushtirishga ruxsat berishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi", deya xabar bermoqda The Washington Post nashri.

WP manbalariga ko‘ra, Netanyahu Eronni Isroil manfaatlari uchun mintaqaviy tahdid deb hisoblaydi va Vashingtondan Isroil armiyasi tomonidan zarbalarga ruxsat berishni, yoki AQSh Qurolli kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini talab qilmoqchi.

Shuningdek, Isroil bosh vaziri AQSh prezidentini G‘azo sektori bo‘yicha ham qattiqroq pozisiya egallashga ko‘ndirishga harakat qiladi. Netanyahu Trampning tinchlik rejasining ikkinchi bosqichida belgilangan hududlardan Isroil qo‘shinlari chiqarilishidan oldin HAMAS bo‘linmalarini kuch bilan qurolsizlantirilishiga kafolat olishni istaydi.

"Netanyahu o‘z maqsadlariga erishishi ehtimoli past, chunki hozirda AQSh prezidenti Yaqin Sharqda keskinlikning yana kuchayib ketishidan qochishga va o‘z tinchlikparvar siyosatini davom ettirishga intilmoqda", deya qayd etadi The Washington Post.

Kiritildi: 22:46 29.12.2025. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!