Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Netanyahu “G‘azo sektoridagi terrorchilik nishonlariga kuchli zarbalar berishni” buyurdi

Netanyahu “G‘azo sektoridagi terrorchilik nishonlariga kuchli zarbalar berishni” buyurdi

Netanyahu isroillik harbiylarga uyushtirilgan hujumdan so‘ng “G‘azo sektoridagi terrorchilik nishonlariga kuchli zarbalar berishni” e’lon qildi. Bu haqda Isroil bosh vaziri idorasi ma’lum qildi.

“HAMAS tomonidan sulh buzilgani munosabati bilan bosh vazir Binyamin Netanyahu mudofaa vaziri va kuch tuzilmalarining rahbarlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi hamda G‘azo sektoridagi terrorchilik nishonlariga kuchli zarbalar berishni buyurdi", deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasi (SAXAL) esa “o‘t ochishni to‘xtatish rejimining ochiq buzilishiga javoban” G‘azo sektoridagi HAMASga tegishli ob’ektlarga zarbalar berishni boshlaganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:12 19.10.2025. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!