Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Nemislar Isroilni genosidchi davlat deb hisoblashmoqda

Nemislar Isroilni genosidchi davlat deb hisoblashmoqda

Germaniyada jamoatchilik fikri Isroilga nisbatan keskin o‘zgardi: yangi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, nemislarning 57% endi bu davlatga manfiy munosabatda. Bu ko‘rsatkich Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlaridan so‘ng keskin oshgan. Ushbu so‘rov juma kuni Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi uchun Allensbax instituti tomonidan e’lon qilindi.

2022 yilda faqat 23% nemislar Isroilga nisbatan salbiy fikr bildirgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni deyarli ikki barobarga oshgan.

So‘rovda qatnashganlarning 73% Isroilning G‘azoda amalga oshirayotgan harakatlarini «genosid» deb atashda haqlik borligini ta’kidlagan. Faqat 9%gina bu ta’rifni mutlaqo inkor etgan.

Isroilning harbiy hujumlari bo‘yicha xavotir oshib borayotgani ham so‘rov natijasida aniq bo‘ldi: nemislarning 65% G‘azodagi harakatlarni «noo‘rin» deb baholagan. Faqat 13%gina harbiy kampaniyani qo‘llab-quvvatlagan.

Nasizm tarixi bilan bog‘liq ravishda Germaniya Isroilga «alohida mas’uliyat»ga egami, degan savolga respondentlarning 28%i «ha» deb javob bergan bo‘lsa, 52% bu fikrni rad etgan.

Shuningdek, 37% nemislar Isroilni butun dunyo uchun jiddiy tahdid deb hisoblashini bildirgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil yanvarida 11% bo‘lgan edi.

Germaniya jamiyatidagi kayfiyat o‘zgarishi Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlari ortidan kuchaygan xalqaro tanqidlar fonida sodir bo‘lmoqda. Allensbax so‘rovi 2025 yil 1–12 iyun kunlari o‘tkazilgan bo‘lib, u Isroilning Erondagi yadroviy va harbiy ob’ektlarga bergan hujumidan oldin o‘tkazilgan.

Kiritildi: 13:51 24.06.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!