AQSh import bojlari Germaniya iqtisodiyotiga tahdid soladi.
Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Bu tariflar, bizning fikrimizcha, haqiqatan ham iqtisodiyotimizga tahdid soladi", — deya nemis siyosatchisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi "RIA Novosti".
Shu bilan birga, Mers Berlin ularni qisqartirish yo‘llarini qidirayotganini ta’kidladi.
Mersning qo‘shimcha qilishicha, bu masala AQSh rasmiylari va Yevrokomissiya o‘rtasida muhokama qilinmoqda, ammo Berlin, uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonning bir qismidir.