Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Nemis nashri NATOning asosiy dushmanini ma’lum qildi

Nemis nashri NATOning asosiy dushmanini ma’lum qildi

“Die Welt”ning nemis muxbiri Shimoliy Atlantika alyansi bugungi kunda duch kelayotgan muammolar haqida to‘xtalib, qaysi davlatni NATOning asosiy raqibi deb atash mumkinligi haqida fikr bildirdi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya emas, balki Xitoy.

Nashr ta’kidlashicha, ko‘plab davlatlar, shu jumladan Germaniya va Frantsiya, Xitoydagi xavf-xatarni kam baholaydilar va unda faqat istiqbolli savdo sherigini ko‘radilar.

Shunga qaramay, Xitoy o‘z ta’sirini tez sur’atlar bilan kengaytirmoqda va harbiy qudrati shunchalik tez o‘smoqdaki, AQShning Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiyaning xavfsizligini ta’minlash qobiliyati borgan sari shubha ostida qolmoqda.

Shu bilan birga, nashrda qayd etilishicha, hattoki Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘zi ham “samoviy Imperiya”ni haqiqatan ham sherik emas, balki dushman sifatida ko‘radi.

Kiritildi: 21:00 05.12.2019. O'qildi: 2174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!