Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.
❓Nima uchun savdo shaxobchalari yopilayotgan davrda spirtli ichimliklar sotuvchi shaxobchalar faoliyat olib bormoqda, bu zaruriy oziq-ovqat emasku. Shularni yopib qo‘ysak bo‘lmaydimi?
❗️Sizga tushunarli qilib javob berishga harakat qilaman: agar biz spirtli ichimliklarni yoki sigaret mahsulotlarini savdosini to‘xtatib qo‘ysak, odamlar bu mahsulotni uyda qo‘lbola tayyorlashni boshlaydilar.
✔️ Bu esa o‘z navbatida ko‘plab otravleniyelarga olib keladi.
Hozir bizga endi odamlarning qo‘lbola spirtli ichimlikdan zaharlanib o‘lishi yetmay turgan edi.
Agar bilsangiz, tarixda bu davrdan o‘tganmiz, 80-yillarda Sobiq Ittifoq xukumati «suxoy zakon» e’lon qilgan, ya’ni spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va savdosi to‘xtatilgan. Shu davrda odamlarning qo‘lbola tayyorlangan spirtdan zaharlanib o‘lishi 400 foizga oshib ketgan. Mana, Sizning savolingizga aniq javob.