Putin Zelenskiyning oliy darajada uchrashuv o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
"Kiyev rejimi rahbariyati terrorchilik harakatlarini uyushtirmoqda. Shu bilan birga, ular eng yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazishni so‘ramoqda. Ammo bunday sharoitda qanday qilib uchrashuv o‘tkazish mumkin? Nima haqida gaplashamiz? Umuman olganda, terrorizmga tayangan, terrorchilik bilan shug‘ullanayotganlar bilan kim muzokara olib boradi? Nega jangovar harakatlarda tanaffus qilish orqali ularga rag‘bat berishimiz kerak?" — dedi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, may oyida ham Vladimir Putin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar doirasida Zelenskiy bilan Istanbulda shaxsan uchrashish taklifini rad etgan edi.
Bir hafta avval Ukraina prezidenti “Zelenskiy-Tramp-Putin” shaklida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan edi.