Farg‘onaning "Neftchi" klubi O‘zbekiston Superligasida muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
Kecha jamoa rahbariyati va barcha futbolchilar ishtirokchida bayramona ziyofat uyushtirildi. Unda jamoaning ikki nafar futbolchisi Jamshid Iskanderov va Zoran Marushichga viloyat hokimi ikki xonali uy sovg‘a qildi.
Avvalroq, bosh murabbiy Vitaliy Levchenkoga uch xonali uy sovg‘a qilingani xabar berilgan edi.