Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Neft narxi bu yil 16 foizga tushadi

Neft narxi bu yil 16 foizga tushadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) joriy yilda bir barrel neft narxi 16,2 foizga pasayib, 81,13 dollarni tashkil etishini bashorat qilmoqda. Bu haqda XVJning dushanba kuni e’lon qilingan jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari bo‘yicha yanvar oyidagi yangilangan hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar berdi TASS.

«2023 yilda neft narxi qariyb 16 foizga, yoqilg‘i bo‘lmagan xomashyo narxi esa o‘rtacha 6,3 foizga tushishi kutilmoqda.

2022 yil 29 noyabrdagi fyuchers bozorlarida hisoblangan o‘rtacha prognoz narxi 2023 yilda 81,13 dollarni, 2024 yilda esa 75,36 dollarni tashkil etadi», - deyiladi xabarda.

Shunday qilib, neft narxi kelgusi yilda 7,1 foizga pasayadi.

XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, «energiya bozorlari Ukrainadagi mojaro tufayli yuzaga kelgan (iqtisodiy) sharoitlarga tezda moslashdi». Biroq, o‘tgan yili «global energiya va oziq-ovqat narxlarining o‘sishi hayot uchun tannarx inqirozini keltirib chiqardi».

Ukrainadagi mojaro tufayli neft, gaz va oziq-ovqat narxlarining kutilganidan yuqori bo‘lishi «bosh inflyasiyani yana oshirishi mumkin» deb hisoblaydi jamg‘arma.

Kiritildi: 20:50 31.01.2023. O'qildi: 2015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!