Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

"Ndrangeta" mafiyasiga jiddiy zarba: Italiyada 100 ga yaqin kishi hibsga olindi

"Ndrangeta" mafiyasiga jiddiy zarba: Italiyada 100 ga yaqin kishi hibsga olindi


Italiyalik karabinerlar Kalabriya mafiyasi “Ndrangeta”ga qarshi keng ko‘lamli operasiya o‘tkazdi – Rim, Milan, Turin va boshqa shaharlarda 97 kishi qo‘lga olindi.

Ular narkotik moddalar savdosi, tovlamachilik, odam o‘g‘irlash va noqonuniy qurol saqlashda gumon qilinmoqda.

Tergovchilarning fikricha, pul yuvishda ishlatilgan ikki kompaniyaning – umumiy ovqatlanish va qurilish sohalaridagi aktivlari ham muzlatilgan.

"Ndrangeta" Yevropadagi eng nufuzli mafiya tuzilmasi bo‘lib, Janubiy Amerikadan kokain yetkazib berishning asosiy kanallarini nazorat qiladi. Uning ta’siri uzoq vaqtdan beri Kalabriya chegaralaridan tashqariga chiqdi.

Kiritildi: 14:11 21.05.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!