Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Nazorat xaridi natijalari

A A A
Nazorat xaridi natijalari

🔎 Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan Buxoro shahridagi “Sitora” bozorida sotilayotgan Buxoroda ishlab chiqarilgan “TOSOL LIDER” antifriz mahsulotiga nazorat xaridi o‘tkazildi.

🧪 O‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijasida mazkur mahsulot amaldagi standart talablariga mos emasligi aniqlandi.

⚠️ Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sifatsiz antifriz issiqlikni to‘liq o‘tkazmaydi, natijada sovitish tizimi dvigatelni yetarlicha sovita olmaydi. Bu esa dvigatelning haddan tashqari qizishiga, radiator, nasos, trubkalar va blokdagi yo‘llarda zang va nosozliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

🧰 Shu bois iste’molchilarga antifriz tanlashda mahsulotning yorlig‘i, ishlab chiqaruvchi mamlakati, texnik ko‘rsatkichlari va sertifikatlanganligiga alohida e’tibor berish tavsiya etiladi.

📞 Hurmatli iste’molchilar! Agar savdo tarmog‘ida sifatsiz mahsulotga duch kelsangiz, 1880 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 14:33 07.10.2025. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!